Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Urganch davlat pedagogika institutiga Udmurt davlat universiteti vakillari: Udmurt davlat universiteti prorektori va Udmurt davlat universitetining Votkinsk shahridagi filiali direktori Vladimir Vitalevich Paxomov hamda Udmurt davlat universitetining O‘zbekiston bo‘yicha vakili va Vitebsk davlat universitetining Urganch shahridagi filiali boshlig‘i Shuhrat Ibragimovlar tashrif buyurdilar.
Hurmatli mehmonlar UrDPI rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov qabulida bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqbolli rejalari xususida o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida UrDPI Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori bo‘limi boshlig‘i Egambergan Xudoynazarov va biologiya fanlari doktori Xudoybergan Bekchanovlar ham ishtirok qilib, ikkala oliygoh hamkorligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar.
Muloqotda ikkala oliy ta’lim muassasasining istiqboldagi hamkorlik aloqalari hamda tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalar bo‘yicha kelishuvlarni tashkil etish masalalari, jumladan, ilmiy faoliyatlar, o‘quv hamda madaniy-ma’rifiy jarayonlar, ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, hamkorlikda maqolalar chop qilish kabi ko‘plab masalalar yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.
Oliygohlarning xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!
Porloq kelajak sari qo‘yilgan yana bir dadil qadaming muborak, Urganch davlat pedagogika instituti!!!

.jpg)
UrDPI Matbuot xizmati