URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “FOTONIKA VA KVANT OPTIKASI BO‘YICHA SO‘NGGI YUTUQLAR: YANGI OPTOELEKTRONIK TEXNOLOGIYALAR, KVANT KOMMUNIKATSIYALAR VA KVANT KOMPYUTERLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BOʻLIB OʻTDI.
Urganch davlat pedagogika institutida “Fotonika va kvant optikasi bo‘yicha so‘nggi yutuqlar: yangi optoelektronik texnologiyalar, kvant kommunikatsiyalar va kvant kompyuterlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Xalqaro anjumanni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga Hindiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan 10 nafarga yaqin xorijlik olimlar ishtirok etdi.
Konferensiya davomida fotonika va kvant optikasining istiqbolli yo‘nalishlari, zamonaviy optoelektronik texnologiyalar, kvant kommunikatsiyalar hamda kvant kompyuterlariga oid ilmiy izlanishlar muhokama qilindi. Anjuman yakunida xorijlik va respublikamiz olimlari o‘zaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalar ustida ishlash borasida kelishib olishdi.







©️ UrDPI matbuot xizmati