Close


UrDPI TALABALAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO’YICHA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


UrDPI talabalar bandligini ta’minlash bo’yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 30-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova "Getwork" bandlik agentligi mas'ullari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida institut talabalari va bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish masalalari muhokama qilindi hamda uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida talabalar uchun xorijda amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish, mehnat bozoridagi talab va takliflar asosida malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot maydonlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: