UrDPIda viloyat Sudlari raislari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika institutida huquqiy savodxonlikni oshirish borasida tizimli ravishda uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugun institutga Xorazm viloyati sudi raisi Kamolov Shuhrat Maratovich hamda Xorazm viloyati ma’muriy sudining raisi Sultanova Jamila Masharipovna keldilar. Mehmonlar institut rektori Feruza Madraximova ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etdilar.
Uchrashuv davomida O'zbekistonda sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar to'grisida yoshlarga batafsil tushuntirishlar berildi. Mehmonlar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati