UrDPIda “Ilm yulduzlari” intellektual koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi
Bugun, 3-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida “Ilm yulduzlari” intellektual koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Tanlovda O‘zbekiston xotin-qizlar kengashi “Olima ayollar” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi Munavvara Iskandarova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adhambek Ismoilov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Salomat Erjanova, Xorazm viloyati mintaqaviy tadqiqotlar markazi raxbari Gʻulomjon Sapayevlar ham fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.
Koʻrik-tanlov natijalari:
• “Eng innovatsion gʻoya sohibasi” – Yaqubova Shahnoza Erkinboyevna. Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori;
• “Eng zukko va topqir ishtirokchi” –Alimova Shahnoza. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
• “Eng mohir milliy qadriyatlar targʻibotchisi” – Jumaniyozova Nilufar. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “LOR va oftalmologiya kafedrasi” assistenti, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil izlanuvchisi.
• “Eng yaxshi dasturiy ishlanma, texnologik ilova, raqamli media mahsulot sohibasi” – Yuldosheva Charos. Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti.
• “Eng mohir ilm-fan ommalashtiruvchi sohibasi” – Axmedova Moxira. Urganch innovatsion universiteti Boshlang‘ich ta’lim va psixoligiya kafedrasi vazifasini bajaruvchi dotsenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Tanlov gʻolibi Yaqubova Shahnoza Erkinboyevna respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.







©️ UrDPI matbuot xizmati