Turkiyaning Aksaray universiteti rektori UrDPIga keldi.
Bugun, 4-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori, professor Feruza Madraximova Turkiyaning Aksaray universiteti rektori, professor Alpay Arıbash hamda prorektor, professor Ershan Severlarni qabul qildi.
Uchrashuv davomida:
— Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ikki oliygoh talabalariga qo‘shma diplom berish imkoniyatlarini yaratish;
— Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi orqali o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qisqa muddatli va semestrlik o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
— Qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro grantlar va ilmiy maqolalarda hamkorlik qilish, ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish;
— Ta’lim sifati va ilmiy faoliyatni yanada oshirish bo‘yicha boshqa hamkorlik yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Urganch davlat pedagogika instituti va Aksaray universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



©️ UrDPI matbuot xizmati