Close


UrDPIDA “BIR MAKON, BIR YO‘L – BARQAROR YASHIL IQTISODIYOT, MINTAQAVIY RIVOJLANISH, TA’LIM VA MADANIY MEROS” MAVZUSIDAGI SIRCON–2025 XALQARO ILMIY ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI.


UrDPIDA “BIR MAKON, BIR YO‘L – BARQAROR YASHIL IQTISODIYOT, MINTAQAVIY RIVOJLANISH, TA’LIM VA MADANIY MEROS” MAVZUSIDAGI SIRCON–2025 XALQARO ILMIY ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI.
Mazkur xalqaro konferensiya Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti hamda Turkiyaning Nejmiddin Erbakan universiteti hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Turkiya va boshqa davlatlardan 100 nafarga yaqin xorijlik olimlar ishtirok etmoqda.

Nejmiddin Erbakan universiteti bilan bugungi hamkorligimiz nafaqat ushbu anjumanga, balki qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi, yangi ta’lim tashabbuslariga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarimizning bir qismidir.

Hozirda xalqaro konferensiya 4 ta sho‘bada o‘z ishini davom qildirmoqda:
1. Barqaror yashil iqtisodiyot;
2. Mintaqaviy rivojlanish;
3. Ta’lim;
4. Madaniy meros.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: