Close


UrDPIDA “GIYOHVANDLIK – ASR VABOSI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI.


UrDPIda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, ularning bu boradagi bilim va tushunchalarini oshirish, ushbu illatning salbiy oqibatlaridan ogoh etishdir.

Uchrashuvda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U.Xo‘jamuratov, viloyat IIB xodimi J.Zaripov, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimi T.Saidov, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiali vrachi, nevropatolog F.Otajonov, institut tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: