Close


UrDPIDA “TOZA QO‘LLAR” DASTURI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.


UrDPIda “Toza qo‘llar” dasturi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘i ijrosi. 


Bugun, 9-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida “Toza qo‘llar” dasturi doirasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Institut rektori Feruza Madraximova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari — Gulchehra Reymbayeva va Shoira Nurullayevalar bilan uchrashdi.

Mas’ullar sanitariya-gigiyena holati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishini o‘rgandilar.

O‘rganish yakunida tegishli tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: