Close


UrDPIDA ROSSIYANING GLAZOV DAVLAT MUHANDISLIK-PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BILAN 2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN QO’SHMA TA’LIM DASTURI TASHKIL ETILDI.


UrDPIda Rossiyaning Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun qo’shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

Endilikda Siz UrDPIda o’qib O’zbekiston va Rossiya diplomlariga ega bo‘lishingiz mumkin. Ta’lim jarayoni Rossiyaga bormasdan, masofaviy tarzda tashkil etiladi, ya’ni quyidagicha:

•  1 va 4-bosqichlar — Urganch davlat pedagogika institutida;
•  2 va 3-bosqichlar — Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti tomonidan MASOFAVIY SHAKLDA URGANCH SHAHRIDA O’TKAZILADI.

📌 Hujjatlar joriy yilning 20-oktabr kunigacha qabul qilinadi. O’qish jarayoni 1-noyabrdan boshlanadi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

1. Boshlang‘ich ta’lim;

2. Ona tili va adabiyoti: rus tili – Filologik ta’lim (rus tili);

3. Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili – Filologik ta’lim (ingliz tili).

Murojaat uchun UrDPI O’quv boshqarmasi va Xalqaro aloqalar bo’limiga uchrashingiz mumkin.

📞+ 998 93 284 42 44
📞 +998 90 438 58 99
📞 +998 95 802 55 75

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: