Close


UrDPI VAKILI OZARBAYJONDA “TURKLARNING DUNYOSI” XALQARO SIMPOZIUMIDA ISHTIROK ETMOQDA.


UrDPI vakili Ozarbayjonda “Turklarning dunyosi” xalqaro simpoziumida ishtirok etmoqda. 

Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani, dotsent Nafasov Doniyor Shernafasovich ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan “9th International The World of Turks Social Sciences Symposium” xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda.

Tadbir Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti hamda “Türklerin Dünyası Enstitüsü” hamkorligida tashkil etilib, unda turli davlatlardan olim va mutaxassislar ilmiy izlanishlari bilan qatnashmoqdalar.

➡️ Mazkur xalqaro ilmiy anjuman ilmiy hamkorliklarni kengaytirish hamda pedagogik tajribalar almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: