Close


UrDPI TALABALARI “ASIAN JUDO OPEN 2025” XALQARO TURNIRINING BRONZA MEDALLARI SOHIBALARI!


UrDPI talabalari “Asian Judo Open 2025” xalqaro turnirining bronza medallari sohibalari!

Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan “Asian Judo Open 2025” xalqaro turnirida Urganch davlat pedagogika instituti talabalari Shirinjon Yo‘ldosheva (–70 kg) hamda Durdona Nizomaddinova (+78 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi! 🥉

 Shirinjon Yo‘ldosheva qozog‘istonlik raqibasini atigi 58 soniyada chiroyli usul bilan mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Durdona Nizomaddinova ham o‘z og‘irlik toifasida kuchli raqiblar bilan bahs olib borib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Vatanimiz faxri bo‘lgan talabalarimizni xalqaro maydondagi e'tiroflar bilan samimiy muborakbod qilamiz.
Olg‘a, UrDPI yoshlari!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: