Close


“TALABAEXPO–2025” KASB KO‘RGAZMASI BO'LIB O'TDI


Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun UrDU hovlisida  “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko’rgazma doirasida viloyatdagi yirik ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazmoqda. Ular o‘z korxonalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko’rgazmada Urganch davlat pedagogika institutining paviloni ham tashkil etilgan bo’lib, unda institut jamoasi va bitiruvchi talabalari ishtirok etmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: