Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI.


Urganch davlat pedagogika institutida “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayratbek Raximov tabrik so‘zi bilan ochib berdi hamda anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur anjuman Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasining tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar va doktorantlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Anjuman yangi ma’lumotlar, bahs-munozaralarga boy bo’ldi va ko’tarinki ruhda olib borildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: