Ayni damda Urganch davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Yusupov Davronbek Firnafasovich hamda “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Doniyor Nafasovlar Samarqand viloyatidagi “Sof expo Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida joriy yilning 11-12 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “World Edu-2023” xalqaro ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur ko‘rgazmada ishida har bir oliy ta’lim muassasasi o‘ziga tegishli stend, taqdimotlar va tarqatma materiallar bilan ishtirok etmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, yangi tashkil qilingan institutimizga barchada birdek qiziqish va e'tibor katta!


UrDPI Matbuot xizmati