Close


UrDPI TALABALARI “CAVA COLLEGE UNIVERSITY VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP — 2025” XALQARO VOLEYBOL MUSOBAQASIDA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA KIRITDILAR


UrDPI talabalari “CAVA College University Volleyball Championship — 2025” xalqaro voleybol musobaqasida bronza medallarini qo‘lga kiritdilar

Buxoroda “CAVA College University Volleyball Championship — 2025” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Urganch davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat ta'lim yo‘nalishi talabalari Tojiboyeva Madina va Asqarova Shaxrizodalar ham faol ishtirok etdilar hamda bronza medallari bilan taqdirlandilar.

 Ma'lumot uchun, musobaqalarda O‘zbekisiton vakillari bilan bir qatorda, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etdi. 

Iqtidorli talabalarimizni mazkur xalqaro e'tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: