UrDPIda Fuqaro muhofazasi bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tadbiri o‘tkazildi
Bugun 23-oktabr kuni, Urganch davlat pedagogika institutida “Fuqaro muhofazasi kuni” munosabati bilan amaliy va nazariy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari, shuningdek, Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va kommunal xizmatlar xodimlari ishtirok etdilar.
Mashg‘ulotlarda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda tezkor evakuatsiya tartiblarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi – sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda institut fuqaro muhofazasi xodimlarini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, ularning tayyorgarlik darajasini yanada oshirishdan iboratdir.




©️ UrDPI matbuot xizmati