Close


ONA TILIMIZ — MA’NAVIYATIMIZ POYDEVORI!


Ona tilimiz — ma’naviyatimiz poydevori!

 Bugun ertalabdan Urganch davlat pedagogika institutida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umummilliy diktant marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. 

Mazkur marafon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Diktant marafonining bosh maqsadi — davlat tilining nufuzini yanada oshirish, yozma savodxonlikni rivojlantirish hamda yoshlar qalbida ona tiliga faxr va sadoqat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: