Close


UrDPI PROREKTORLARINING MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA.


UrDPI prorektorlarining mahalla yoshlari bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umarbek Xo‘jamurodov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev Hazorasp tumanidagi Chorvak va Bo‘ston mahallalarida bo‘lishdi.

Uchrashuvlarda yoshlarning ijtimoiy hayotda faol oʻrin egallashi, band bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish,  tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Maqsad — yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: