Rektor "Kelajak soati" ruknidagi navbatdagi darsni o‘tdi
Bugun, 27-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Kelajak soati rukni doirasida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsini o‘tkazdi.
Dars davomida rektor bugungi kunda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega, tinchlik va taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakat ekanligini aytib o’tdi. Shuningdek, O‘zbekiston dunyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlab, yangi texnologiyalar, ilm-fan, ta’lim va iqtisodiy sohalarda ham sezilarli yutuqlarga erishayotganligini, eng muhimi Vatanimiz jahon sahnasida ham ishonchli hamkor sifatida tan olinayotganligini e’tirof etdi.
“Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bugun ko’plab rivojlangan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarimiz rivojlanmoqda. Bu esa Vatanimizning tinchlikparvar siyosatini, do‘stlik va hamjihatlik yo‘lini ko‘rsatadi”, — dedi rektor dars davomida.




©️ UrDPI matbuot xizmati