UrDPI vakili Rossiyadagi V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi
Moskva davlat lingvistik universitetida (MGLU) oliy ta’lim muassasasining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Hozirgi ta’lim makonida madaniyatlar va sivilizatsiyalar muloqoti” mavzusidagi V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Urganch davlat pedagogika instituti mazkur nufuzli xalqaro tadbirning tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etdi.
Anjumanda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, professor Diyorjon Abdullayev qatnashdi.
Professor D. Abdullayev o‘z ma’ruzasida ta’limning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, madaniyatlararo muloqot hamda insonparvar qadriyatlarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.



©️ UrDPI matbuot xizmati