Close


UrDPIDA "BUGUNNING YOSHLARI - ERTANING EGALARI" SHIORI OSTIDA DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL QILINDI


UrDPIda "Bugunning yoshlari - ertaning egalari" shiori ostida deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi

Urganch davlat pedagogika institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻZLIDEP fraksiyasi a’zosi Barno Berdiyeva,  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi, OʻZLIDEP Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Otabek Sobitov hamda OʻzLiDEP Xorazm viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Fayzullayevlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda deputatlar tomonidan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquqiy himoyasi, ta'lim va yoshlar siyosatiga doir so'nggi islohotlar haqida tushuntirishlar berildi. 

Talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: