Close


REKTOR OSIYO CHEMPIONLARI BOʻLGAN TALABALAR BILAN UCHRASHDI


Rektor Osiyo chempionlari boʻlgan talabalar bilan uchrashdi

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan institutimizning faxrli talabalari — Yangiboyeva Feruza va Ro‘zmatova Gulruh bilan uchrashdi. 

Xabaringiz bor, sportchi talabalarimiz yaqinda Maskat (Ummon) shahrida bo‘lib o‘tgan Regbi-7 bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritishdi. 

Uchrashuv davomida rektor yosh sportchilarni samimiy tabriklab, ularning yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilganliklarini e’tirof qildi.

“Sizlarning bu yutug‘ingiz — nafaqat UrDPI, balki butun O‘zbekiston yoshlarining g‘ururi. Sizlar bilan faxrlanamiz!”, — dedi rektor Feruza Madraximova.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: