Close


“TALABA — YUGUR” LOYIHASIDA URDPI YOSHLARI FAOL ISHTIROK ETDI


“Talaba — yugur” loyihasida UrDPI yoshlari faol ishtirok etdi

Bugun, 1-noyabr sanasida viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasida Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu loyiha yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, muntazam sport bilan shug‘ullanishga da’vat etadi.

Yoshlarimizning har bir qadami — sog‘lom hayot sari tashlangan ishonchli qadam!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: