UrDPI talabalari U 23 O‘zbekiston chempionatida 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi!
Chirchiq shahri mezbonlik qilgan 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasidagi U 23 O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Quvonarlisi, erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo'nalishi talabasi Muhammadsodiq Sodiqov 1-o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, ayollar oʻrtasida talabamiz Durdona Nizomaddinova +78 kg vazn toifasida 3-oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Yurtimiz faxri boʻlgan iqtidorli talabalarimizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!



©️ UrDPI matbuot xizmati