Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUSHOIRA KECHASI” TASHKIL QILINDI


Urganch davlat pedagogika institutida “Mushoira kechasi” tashkil qilindi

Mushoiralarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻktam Davletov hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Yangibozor koʻzgusi” gazetasi muharriri Shodiyabonu Sultanovalar  oʻz fikr-mulohazalari bilan ishtirok qildilar.  

Tadbir davomida el ardog‘idagi insonlar va ijodkor yoshlar tomonidan xalq termalari, ijod namunalari o‘qib berildi, talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. 

Bu kabi ijodiy uchrashuvlar yoshlarni adabiyotga va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: