Close


UrDPI TALABASI UNESCO TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN XALQARO TANLOVDA MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!


UrDPI talabasi UNESCO tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovda muvaffaqiyatga erishdi!

Urganch davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo‘nalishi 3-kurs talabasi Yuldashev Shahzod UNESCO tomonidan tashkil etilgan “Youth Leading the Way: Building MIL Solutions for Impact” mavzusidagi Youth Hackathon-2025 xalqaro tanlovida o‘zining “Voices Without Borders” nomli innovatsion loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Loyiha hakamlar hay’ati tomonidan ijtimoiy ahamiyati, kreativ yondashuvi va texnologik yechimlari bilan e’tirof etildi. Tanlov doirasida talabamiz turli davlatlardan ishtirok etgan yosh mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash, xalqaro tajriba almashish va yangi g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: