Close


UrDPI VAKILI TOSHKENTDA OʻTKAZILGAN NEMIS TILI O‘QITUVCHILARINING XALQARO 18-ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI


UrDPI vakili Toshkentda oʻtkazilgan nemis tili o‘qituvchilarining xalqaro 18-anjumanida ishtirok etdi

Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi Abdisharipova Mahliyo institut vakili sifatida Toshkentda oʻtkazilgan nemis tili o‘qituvchilarining xalqaro 18-anjumanida ishtirok etdi.

Anjuman Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasi, Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo‘yicha Markaziy boshqarma (ZfA) hamda Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) hamkorligida tashkil etildi.

Anjuman o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro tajriba almashish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: