“Talabalar haftaligi” doirasida “Kitob sovg‘a qil” chellenji oʻtkazilmoqda!
Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Talabalar haftaligi” doirasida ma'naviy boylikni ulashishga qaratilgan “Kitob sovg‘a qil” chellenji o‘tkazildi.
Unda fakultet rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talabalar faol ishtirok etib, o'zlari sevib o‘qigan asarlarni bir-birlariga sovg‘a qildilar. Mazkur yarmarkada professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun o‘zbek hamda jahon adabiyotining durdona asarlari, bolalar adabiyotlari, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi kitoblar keng namoyish etildi.
Ushbu tashabbus yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘qish madaniyatini rivojlantirish hamda mehr-oqibat va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.




©️ UrDPI matbuot xizmati