Close


UrDPI JAMOASI “TALABALAR TEATR STUDIYASI” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBI BOʻLDI VA RESPUBLIKA BOSQICHIGA YOʻL OLDI!


UrDPI jamoasi “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi gʻolibi boʻldi va respublika bosqichiga yoʻl oldi!

“Yoshlar oyligi” doirasida bugun Urganch davlat tibbiyot institutida “Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tanlov Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalarining ijodiy salohiyatini namoyon etish, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sahna madaniyati, nutq mahorati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. 

Tanlov davomida sahnada Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi “Ilhaq” filmidan parcha namoyish qildi. Ushbu sahna ko‘rinishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. 

 Tanlov natijalariga ko'ra, jamoamiz faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘l oldi!

Jamoamizga tanlovning keyingi bosqichida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: