Close


UrDPI TALABASI “OHANGLAR JILOSI” RESPUBLIKA YOSH IJROCHILAR TANLOVIDA 3-OʻRINNI QOʻLGA KIRITDI!


UrDPI talabasi “Ohanglar jilosi” Respublika yosh ijrochilar tanlovida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi!

Joriy yilning 14–16 noyabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekona” xalqaro ijodiy tashkiloti hamkorligida “Ohanglar jilosi” Respublika yosh ijrochilar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tanlovda Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Muhammedova Zumrad “Xalq cholgʻulari” yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirok etib, o‘zining mahorati va iqtidorini namoyish qildi hamda 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bu yutuq yosh ijodkorimizning mehnati, izlanishi va ijodiy salohiyatining yuksak e’tirofidir.

Iqtidorli talabamizni mazkur e’tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz va yangidan-yangi ijodiy parvozlar tilab qolamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: