Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODKORLAR VA TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI


 Urganch davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvni institut rektori Feruza Madraximova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda taniqli ijodkorlar — shoira Farog‘at Xudoyqulova va publitsist Baxtiyor Haydar ishtirok etib, o‘z ijodiy faoliyati, zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivoji hamda adabiyotning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Davra suhbatida ijodkorlar talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot olib borib, ijodiy izlanishlar, bugungi adabiy jarayon va yosh avlodning ma’naviy olamini boyitish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: