Close


UrDPI VAKILLARI BUXORODA “TURKIYA VA O‘ZBEKISTON­DA OILANI MUSTAHKAMLASHGA ASOSLANGAN DAVLAT SIYOSATI” MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISHDI


UrDPI vakillari Buxoroda “Turkiya va O‘zbekiston­da oilani mustahkamlashga asoslangan davlat siyosati” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

17–18 noyabr kunlari Buxoro davlat texnika universitetida “Turkiya va O‘zbekiston­da oilani mustahkamlashga asoslangan davlat siyosati” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda ikki davlatning mutaxassislari, olimlari hamda soha vakillari ishtirok etib, oila institutini rivojlantirish, jamiyatda barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirish bo‘yicha o‘z ilmiy-amaliy qarashlarini taqdim etdilar. Shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalarining Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ham faol ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Yangibayeva o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, O‘zbekistonda oilani mustahkamlash borasidagi milliy tajriba, amaliy yondashuvlar va samarali mexanizmlar haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: