Close


DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI!


DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI!

Urganch davlat pedagogika instituti Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Kamilova Nazokat Saidjonovna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Isajon Sulton nasrida diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi” mavzusidagi dissertatsiya ishini f.f.n., dots. Raximova Bekposhsha Baxadirovna rahbarligida 100 foizlik ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

UrDPI jamoasi nomidan Nazokat Kamilovani ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz. Institutimizda olimalar safi kengayaversin!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: