Close

JALOLIDDIN MANGUBERDI, MUHAMMAD MUSO AL-XORAZMIY KABI BUYUK BOBOKALONLARIMIZ – BIZNING FAXRIMIZ!

Urganch davlat pedagogika institutida darslar Jaloliddin Manguberdi, Muhammad Muso al-Xorazmiy kabi buyuk bobokalonlarimizdan faxr hissini tuyish va ularning dunyoga ibratli hayot yo‘llari, ilmda erishgan cho‘qqilari haqida ma’lumotlar berishdan boshlanyapti. 

    Xususan, Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi Xurshida Salavatova ham bugungi “Tarbiyachining ish hujjatlari” fanidan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti katta tarbiyachisining ish hujjatlari” mavzusiga o‘tishdan oldin Xorazm tuprog‘ining asl va buyuk farzandlari Jaloliddin Manguberdi hamda Muhammad Muso al-Xorazmiylar haqida g‘urur hamda iftixor bilan to‘xtalib, talaba-yoshlarning ongi va shuuriga millatimiz sharaflari haqidagi bilimni singdirishga intilindi. 

    Albatta, kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlar qalbiga milliy g‘ururni singdirish bugungi zamon talabi va millatning burchidir! 

urspi.uz; JALOLIDDIN MANGUBERDI, MUHAMMAD MUSO AL-XORAZMIY KABI BUYUK BOBOKALONLARIMIZ – BIZNING FAXRIMIZ!

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: