Fransiyaning Puatye universitetidagi o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv
Bugun UrDPI rektori F.Madraximova Erasmus+ dasturi bo’yicha hamkorlik uchun Fransiyaning Puatye universitetida bo’lib, universitetning xalqaro aloqalar departamenti rahbari Oliver Herault va Efi Lamprou bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikkala OTM o’rtasida akademik aloqalarni yo’lga qo’yish va Ispaniya universitetlari bilan rejalashtirilayotgan Erasmus+ dasturi doirasida Fransiyaning Puatye universiteti bilan ham hamkorlik aloqalarini kengaytirish muhokama qilindi. Puatye universiteti 1431-yilda tashkil etilgan bo’lib, u dunyoning QS World University Reytingida 1201-o’rinda turadi.
Shundan so’ng, rektor Feruza Madraximova ushbu universitetda tahsil olayotgan Vatandoshlarimiz - o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida rektor talabalar bilan muloqot qilib, ularning o'z sohalari bo'yicha puxta bilim egallashlari va albatta O'zbekistonimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo'lishlarida muvaffaqiyat tiladi.



©️ Пресс-служба УрГПИ