Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” OʻTKAZILDI


Urganch davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Urganch davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. 

Unda rektor maslahatchisi Gʻ.Saparov, "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i A.Djumaniyazov, yurist-konsult I.Ataniyozov, Xodimlar boʻlimi boshligʻi Sh.Rahimov hamda professor-oʻqituvchilar, talabalar ishtirok etib, ta’lim jarayonida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada mustahkamlash masalalari keng muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari, amaldagi qonunchilik talablarining ahamiyati tushuntirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: