Close


UrDPIDA TURKIYANING ANADOLU UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI


UrDPIda Turkiyaning Anadolu universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Avval xabar berganimizdek, bugun 1-dekabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Turkiyaning Anadolu universiteti delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiya tarkibida Anadolu universiteti prorektori Ecevit Öksüz, Sirtqi ta’lim va xalqaro hamkorlik departamenti direktori Salih Gümüş, shuningdek, Nejmiddin Erbakan universiteti professori Birol Mercan ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikkala OTM o’rtasida o’quv va ilmiy yo’nalishda hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shunindek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Anadolu universitetida masofaviy shaklda turk tilini o‘qistish tizimi yo’lga qo’yilishi rejalashtirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: