Turkiyada oʻqish va amaliyot: UrDPI talabalari uchun 2 ta katta imkoniyat!
Urganch davlat pedagogika instituti va Turkiyaning nufuzli Anadolu universiteti hamkorligi doirasida talabalarimizga keng eshiklar ochilmoqda.
IMKONIYAT: ONLAYN TURK TILI KURSLARI
Format: To‘liq onlayn va 1 yil davom etadi;
Bonus: Kurs yakunida Anadolu universitetiga (Turkiya) amaliyotga borish imkoniyati mavjud!
IMKONIYAT: XALQARO DIPLOM (BAKALAVR)
UrDPIda tahsil olish bilan bir vaqtda, Anadolu universitetining bakalavr yo‘nalishlarida MASOFAVIY SHAKLDA o‘qishingiz mumkin.
Diplom Yevropa va Osiyo davlatlarida tan olinadi!
Arizalar qabuli joriy yilning 10-dekabr kuniga qadar davom etadi!
Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring: https://drive.anadolu.edu.tr/apps/forms/s/3qErfmKYQx2K2jFpAiqmknsd
Batafsil ma'lumot uchun: Xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin (Asosiy bino, 207-xona)
Telegram: @xalqaro_urspi




©️ UrDPI matbuot xizmati