Close


HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMASIN!


Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!

Bugun, 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova institutda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida talabalarning ehtiyojlari, ularning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, qo‘shimcha ko‘mak va motivatsion dasturlar muhokama qilindi. Rektor mehr, e’tibor va doimiy qo‘llab-quvvatlash eng katta qadriyat ekanini ta’kidladi hamda yoshlarni yangi marralarni zabt etishda ruhlantirdi. Tadbir yakunida rektor tomonidan yoshlarga sovgʻalar topshirildi.

Institut tomonidan imkoniyati cheklangan talabalarga moddiy rag’batlantirishlar berib boriladi, xususan, joriy yilning noyabr oyida institutning 80 nafar imkoniyati cheklangan talabalari bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida moddiy rag’batlantirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: