Close


UrDPIDA XORIJDA AMALIYOT O‘TASH VA XALQARO TAJRIBA ORTTIRISH IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI


UrDPIda xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

Urganch davlat pedagogika institutida "GETWORK" xususiy bandlik agentligining Xorazm viloyati filiali bilan hamkorlikda talabalar uchun xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga “Work and Travel” dasturining mohiyati, afzalliklari hamda xorijda mehnat va amaliyot jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bunday uchrashuvlar talabalarga nafaqat kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki dunyo miqyosida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishlariga xizmat qiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: