UrDPIda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Tadbirni institut rektori Feruza Madraximova kirish nutqi bilan ochib, Konstitutsiyaning davlatimiz taraqqiyoti, adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi sudyasi Temur Ibragimov ham so‘zga chiqib, bayram munosabati bilan barchani samimiy muborakbod qildi hamda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir avvalida bayram munosabati bilan professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bayram dasturi davomida Bosh qomusimizning insonparvarlik mohiyatini yorituvchi sahnaviy chiqishlar, iqtidorli talabalar tomonidan ifodali o‘qilgan she’rlar, Vatanimiz, milliy qadriyatlarimiz va birdamlik g‘oyalarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.




©️ UrDPI matbuot xizmati