Close


UrDPIGA ROSSIYANING QOZON FANLAR AKADEMIYASI TARIX INSTITUTI DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI


UrDPIga Rossiyaning Qozon fanlar akademiyasi Tarix instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Qozon fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining Ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Marat Mingalievich Gibatdinov, M.A. Usmonov nomidagi Oltin O‘rda va tatar xonliklari tadqiqotlari markazi rahbari Ilnur Midxatovich Mirgaleev, markazning katta ilmiy xodimlari L.F. Baybulatova va E.G. Sayfetdinova, Ya.G. Abdullin nomidagi ijtimoiy fikrlar tarixi bo‘limining katta ilmiy xodimi D.M. Garaevlar keldilar. 

Uchrashuv davomida tarix yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, doktorantlar uchun maqsadli ilmiy stajirovkalar tashkil etish hamda institutlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorliklarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: