Close


UrDPI MAGISTRANTLARI O‘RTASIDA “SIZ QONUNNI BILASIZMI?” NOMLI BELLASHUV O‘TKAZILDI


UrDPI magistrantlari o‘rtasida  “Siz qonunni bilasizmi?” nomli bellashuv o‘tkazildi

Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasining tashabbusi bilan Pedagogika nazariyasi va tarixi hamda Maktabgacha taʼlim mutaxassisligi 1-kurs magistrantlari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, balki fikrlash, tezkor javob berish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini ham namoyish etdilar. Bellashuv 4 ta shart asosida tashkil etildi. Savollar orqali nafaqat nazariy bilim, balki amaliy yondashuv ham sinovdan o‘tkazildi.

Yakunda gʻoliblar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: