UrDPI vakili Ispaniyada ilmiy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladi
Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi dotsenti v.b Gulbahor Eshchanova 2025-yil 23-noyabr – 10-dekabr kunlari Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela universiteti (USC)da ilmiy stajirovkada bo‘lib, uni muvaffaqiyatli tamomladi.
Stajirovka davomida G. Eshchanova:
“A Philology for the 21st Century” xalqaro kongressida Ilmiy qo‘mita a’zosi sifatida ishtirok etdi;
Kongress doirasida ilmiy maqolalar va akademik takliflarni baholash jarayonida qatnashdi;
Santyago-de-Kompostela universiteti professor-o‘qituvchilari bilan akademik va metodik uchrashuvlar o‘tkazdi;
Erasmus+ dasturi doirasida istiqboldagi hamkorlik loyihalari, qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.



©️ UrDPI matbuot xizmati