UrDPIda Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida PRESETT Leadership Programme dasturi doirasida seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbirda mahalliy konsultantlar Gulnora Nosirova, Dina Mamirboyeva, Nukus davlat universiteti o‘qituvchisi Bibi-Sanem Arzievalar, UrDU Xorijiy filologiya fakulteti dotsenti Feruza Masharipovalar ishtirok qildi.
Seminar-treninglar doirasida ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion metodlar hamda xalqaro tajribalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Seminar-treninglarda institutimiz profesor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda, Urganch davlat universiteti, RANCH texnologiyalar universiteti, Ma’mun universiteti va UrDU qoshidagi 2-son akademik litsey ingliz tili o‘qituvchilari ham qatnashdi.
O‘tkazilgan seminar-treninglar pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish hamda Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish loyihasi doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.




©️ UrDPI matbuot xizmati