Close


UrDPIDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO’YICHA NAVBATDAGI YIG’ILISH O’TKAZILDI


UrDPIda yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha navbatdagi yig’ilish o’tkazildi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, shuningdek, chekka hududlar mahallalaridan biriktirilgan yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Yigʻilish davomida talabalar bandligini ta’minlash boʻyicha ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Yig’ilishda, shuningdek talabalarning kontrakt to’lovlari, stipendiyalar va ijara uylari to’lovlarini o’z vaqtida to’lanishi masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, o’quv jarayonlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, oraliq va yakuniy imtihonlarini shaffof o’tkazish hamda korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: