Close


UrDPIDA FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN PROFILAKTIK UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Targ‘ibot tadbirida Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi, katta leytenant A.Rajapov, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i M.Jonibekov hamda bo‘lim xodimlari, shuningdek, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘.Atajanov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, tabiiy gaz va elektr qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazidan zaharlanish hamda chaqnashlarning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi, zarur tavsiyalar bildirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: