Rus tilida a’lo darajada Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining 221-guruh (rus) talabalari ishtirokida tashkil qilingan dars jarayoni Xorazm tuprog‘ining asl va buyuk farzandlari Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi bobokalonlarimizdan faxrlanish hissini yoshlar ongi va shuuriga singdirish tuyg‘usi bilan boshlandi.
Xususan, Xorazmiyning insoniyat sivilizatsiyasiga qoʻshgan buyuk hissasi haqida gapirilar ekan, amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni “Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri”, deb baholagani alohida ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda Beruniyning ham trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan ko‘pgina kashfiyotlari, xususan, matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham koʻrishimiz mumkinligi chuqur hurmat va faxr bilan tilga olindi.
Shundan so‘ng asosiy mavzu haqida batafsil ma’lumot berildi va dars Konfutsiyning: “Eshitib – unutaman, ko‘rib – yodda tutaman, bajarib – tushunaman!” hikmatiga mos ravishda tashkil qilindi.



UrDPI Matbuot xizmati