Close


UrDPIDA “YANGI YILGA — YANGI ORZULAR SARI!” MAVZUSIDA PSIXOLOGIK AKSIYA TASHKIL ETILDI


UrDPIda “Yangi yilga — yangi orzular sari!” mavzusida psixologik aksiya tashkil etildi

Bugun, 18-dekabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti psixologlari M.Saʼdullayeva va M.Nazarovalar tomonidan “Yangi yilga — yangi orzular sari!” mavzusida psixologik aksiya o‘tkazildi. Aksiya ertalabdan ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Aksiya davomida talabalar yangi yildagi orzu-maqsadlari, ichki istaklari va rejalari haqida mushohada yuritdilar. Interaktiv mashqlar, qisqa motivatsion savollar hamda reflektiv topshiriqlar orqali ularda o‘z imkoniyatlariga ishonch, ijobiy fikrlash va kelajakni rejalashtirish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: